🏥

Nikoh Tibbiy Ko'rigi

Mirobod tumani — nikohlanuvchi shaxslar uchun to'liq qo'llanma

📋 4 ta Dispanser 🔬 8 ta Tekshiruv 🗺 Xaritalar bor 📞 Aloqa raqami

📌 Qanday foydalanish: Avval 4 ta dispanserga boring, so'ng poliklinikada tekshiruvlardan o'ting, va 3-qavat 49-xonadan xulosa oling.

🏨

1-QADAM: Dispanserlar

Quyidagi 4 ta dispanserga boring va muhri bosilgan ma'lumotnoma oling

Dispanserlarga ertalab erta boring — qabul vaqtlari cheklangan. Pasport va propiska nusxasini olib boring.
1
🔬 Dermatovenerolog
8-sonli Tumanlararo Teri-tanosil kasalliklar dispanseri
📍 Manzil Yashnobod tumani, Zoxidov ko'chasi, 8-uy
(Jarqo'rg'on, Davr bekati)
🕐 Qabul 08:00 – 12:00
📞 Telefon 71-291-47-80  |  71-291-33-71
📍 Yashnobod tumani, Zoxidov ko'chasi, 8-uy (Jarqo'rg'on, Davr bekati)
2
🫁 Ftiziator
5-son Tumanlararo Ftiziateriya dispanseri
📍 Manzil Mirobod tumani, 8-Mart ko'chasi, 59-uy
🕐 Qabul 08:00 – 16:00
📞 Telefon 71-283-98-81
📍 Mirobod tumani, 8-Mart ko'chasi, 59-uy
3
🧠 Psixiatr
2-son Shahar Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri
📍 Manzil Yashnobod tumani, Qorasuv ko'chasi, 25-uy
(Lisunova, Dvorets Aviastroiteley)
🕐 Qabul 08:00 – 16:00
📞 Telefon 71-294-74-65
📍 Yashnobod tumani, Qorasuv ko'chasi, 25-uy (Lisunova)
4
💊 Narkolog
Narkologiya dispanseri — Toshkent shahar filiali (RIRSITMNB)
📍 Manzil Yunusobod tumani, Bobodehqon MFY, 19-mavze, 51-uy
(Nuroniylar sanatoriyasi yaqinida)
🕐 Qabul 08:00 – 15:00
📍 Yunusobod tumani, Bobodehqon MFY, 19-mavze, 51-uy (Nuroniylar sanatoriyasi)
🏥

2-QADAM: Poliklinika Tekshiruvlari

Dispanserlardan keyin, o'z poliklinikangizda quyidagi tahlillardan o'ting

ℹ️ Pasport + propiska nusxasini olib keling. OIV tekshiruvi uchun faqat Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari, 08:00–09:00 orasida boring.
1
OIV tekshiruvi (117-kod)
🚪 1-qavat, 14a-xona
Du/Chor/Ju 08–09
2
Umumiy qon va qondagi qand
🚪 2-qavat, 35-xona
Laboratoriya
3
EKG (elektrokardiogramma)
🚪 2-qavat, 32-xona
Yurak
4
UTT tekshiruvi (ultratovush)
🚪 1-qavat, 14-xona
Ultratovush
5
Ginekolog
🚪 2-qavat, 17-xona
Ayollar
6
Urolog
🚪 2-qavat, 30-xona
Erkaklar
7
Endokrinolog
🚪 2-qavat, 24-xona
Gormon
8
Revmatolog
🚪 2-qavat, 29-xona
Bo'g'im
📄

3-QADAM: Xulosa Olish

Barcha tekshiruvlar tugagach shu xonaga boring

Mirobod TTB MKP — 3-qavat, 49-xona
Barcha dispanser va poliklinika ma'lumotnomalarini olib keling. Shu yerda yakuniy tibbiy xulosa beriladi.

Ko'p So'raladigan Savollar

📋 Qanday hujjatlar kerak?+
Pasport asl nusxasi va fotokopiyasi, propiska (ro'yxatdan o'tish) fotokopiyasi. Ayrim joylar qo'shimcha hujjat so'rashi mumkin.
⏱️ Hammasi qancha vaqt oladi?+
Odatda 2–4 kun. Dispanserlarga alohida kunlarda borish qulay. Poliklinika tekshiruvlarini bir kunda o'tish mumkin, lekin OIV uchun faqat Du/Chor/Juma kunlari boring.
💰 Tekshiruvlar pulli yoki beplatmi?+
Asosiy tibbiy ko'rik bepul. Lekin ba'zi dispanserlarda hujjat rasmiylashtiruvi uchun to'lov bo'lishi mumkin. Aniq ma'lumot uchun masul shaxs bilan bog'laning.
🕐 Qaysi dispanserlarga avval borish kerak?+
Ketma-ketlik muhim emas. Lekin Dermatovenerologga 08:00–12:00 orasida boring (qabul vaqti qisqa). Narkolog 08:00–15:00 gacha.
📞 Savollarim bo'lsa kimga murojaat qilaman?+
Quyidagi "Bog'lanish" bo'limidagi telefon yoki Telegram orqali masul shaxs bilan bog'laning. Javob vaqti — ish kuni soatlari ichida.
📞

Masul Shaxs

Savol yoki muammo bo'lsa, darhol murojaat qiling

👨‍⚕️

Mirobod TTB — Masul Shaxs

Nikoh tibbiy ko'rigi bo'yicha barcha savollaringizga javob beramiz